Palmer "Chelsi" rekordlarini qayta yozmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 705

Koul Palmer "Vulverxempton"ga qarshi o'yinda xet-trik qayd etdi. Yarim himoyachi APL 25-turidan o'rin olgan bahsning 13, 35 va 38-daqiqalarida gol urdi. Dastlabki ikkita to'pni u penaltidan kiritdi.
Bu angliyalik futbolchi uchun "ko'klar" tarkibida APLda qayd etilgan to'rtinchi xet-trik bo'ldi. Shu tariqa, u klub rekordini o'rnatdi. Frenk Lempard, Djimmi Floyd Xasselbaynk va Dide Drogba hisobida liga doirasida uchtadan xet-trik mavjud edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
224