"Borussiya" D Bundesligada 14 ta o'yindan beri yutqazmayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 704

Dortmundning "Borussiya" klubi Bundesligada ketma-ket 14 ta o'yindan beri mag'lubiyat nimaligini bilmayapti — 10 ta g'alaba va 4 ta durang.
Niko Kovach jamoasi 21-tur doirasida safarda "Volfsburg"ni 2:1 hisobida mag'lub etdi. Dortmundliklar chempionatda ketma-ket beshinchi g'alabasini qo'lga kiritishdi. Ularning so'nggi mag'lubiyati 18 oktyabr kuni "Bavariya"dan qabul qilib olingan edi (1:2).

Hozirda "Borussiya" 48 ochko jamg'arib, Bundesliga turnir jadvalida ikkinchi o'rinni egallab turibdi. Bitta zaxira o'yiniga ega bo'lgan "Bavariya"dan ortda qolish — 3 ochkoni tashkil qilmoqda.
Navbatdagi turda "Borussiya" o'z maydonida "Maynts"ni qabul qiladi. O'yin 13 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
247