Romero Kazemirodan uzr so'radi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1571

Angliya Premer-ligasida "Manchester Yunayted" va "Tottenxem" jamoalari o'rtasida uchrashuv bo'lib o'tmoqda. O'yinning 29-daqiqasida londonlik mehmonlar bir kishi kam bo'lib qolishdi. Qoidani qo'pol ravishda buzgani uchun himoyachi Kristian Romero to'g'ridan-to'g'ri qizil kartochka oldi.
Shuni ta'kidlash joizki, chetlatilganidan so'ng Romero Kazemirodan uzr so'radi. Bu vaqtda braziliyalik futbolchi maydonda yotardi. Ko'rinib turibdiki, "Tottenxem" sardori qanchalik qo'pol o'ynaganini anglab etgan.
Son jihatidan ustunlikka ega bo'lgan "Manchester Yunayted" ko'p o'tmay hisobni ochdi. Gol muallifi Brian Mbeumo bo'ldi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253