Mbeumo Kerrik qo'l ostida gol urishdan to'xtamayapti
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 32

Hujumchi Brayan Mbeumo "Manchester Yunayted" safida APLdagi 9-golini urdi. 26 yoshli futbolchi APL 25-turidan o'rin olgan "Tottenxem"ga qarshi o'yinning 38-daqiqasida hisobni ochdi (1:0, tanaffus).
Maykl Kerrik bosh murabbiy etib tayinlanganidan beri Mbeumo "MYu" uchun 4 ta o'yindan 3 tasida gol urishga muvaffaq bo'ldi. U faqat "Fulxem"ga qarshi bahsda (3:2) maydonni golsiz tark etgan edi. Kamerunlik futbolchi hisobida APLning joriy mavsumidagi 20 ta o'yinda 9 ta gol mavjud va u jamoaning mavsumdagi eng yaxshi to'purari bo'lib turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
254