"Barselona" Superliga loyihasidan rasman chiqdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 3321

"Barselona" hali amalga oshmagan Superliga loyihasidan chiqqanini e'lon qildi. "Mundo Deportivo" nashrining xabar berishicha, Superligadan chiqish klub uchun hech qanday moliyaviy xarajatlarni keltirib chiqarmaydi.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, "Barselona" prezidenti Joan Laporta tashkilotchilar bilan Superligadan jarima sanktsiyalarisiz chiqish imkoniyati borasida kelishib olgan. Ushbu loyihadan voz kechish "Barselona" uchun UEFA bilan sezilarli darajada yaqinlashish yo'lidagi navbatdagi qadam bo'ldi.
Shunday qilib, Superligada faqat bitta klub — "Real" qoldi. Shu bilan birga, tarqalgan mish-mishlarga ko'ra, Florentino Peres hamon loyihaga ishonmoqda. Bu loyiha hozirda faqat qog'ozda mavjud, xolos.

Bosh sahifaga
260