Arbeloa klub bilan yuzaga kelgan kelishmovchiliklarga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 31

Yaqinda matbuotda "Real Madrid" rahbariyatining Alvaro Arbeloaga nisbatan e'tirozlari borligi haqida ma'lumotlar paydo bo'ldi.
Ushbu e'tiroz, go'yoki, jamoadagi kadrlar holati talab qilmagan taqdirda ham, futbolchilardan o'zlariga xos bo'lmagan pozitsiyalarda foydalanish bilan bog'liq. Xususan, Eduardu Kamavinga va Federiko Valverdening turli nuqtalarda sinab ko'rilishi rahbariyatga ma'qul kelmayapti.
Shanba kuni Arbeloa matbuot anjumanida jurnalistlar qarshisida chiqish qildi. Murabbiydan hafta davomida klub uning murabbiylik qarorlarini muhokama qildimi yoki yo'qmi, deb so'rashdi.
"Yo'q", — deya qisqa javob qaytardi Alvaro.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
258