«Chelsi» La Liga yulduzi transferi uchun 100 million evro sarflashga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2324

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares Angliyaning «Chelsi» klubi uchun asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylandi.
«ESPN Argentina» xabariga ko'ra, «ko'klar» 26 yoshli futbolchining transferi ustida allaqachon ish boshlashgan. Tomonlar o'rtasida muzokaralar olib borilmoqda va «matraschilar» o'yinchisining vakillari yaqinda Londonda, «Chelsi» va «Arsenal» o'rtasida bo'lib o'tgan Liga Kubogi bahsida ko'rinish berishgan. Ta'kidlash joizki, «kanonirlar» ham yulduzli argentinalikka qiziqish bildirayotgan klublar qatorida tilga olinmoqda.
«Transfermarkt» portalida Xulian Alvaresning narxi 100 million evro etib belgilangan. Ilgariroq hujumchi uchun asosiy da'vogar sifatida «Barselona» ko'rsatilayotgan edi, biroq Premer-liga klublari moliyaviy masalalarda «ko'k-anorranglilar»dan yaqqol ustunlikka ega.

Bosh sahifaga
299