Stankovich yozda «Inter» safiga qaytadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 650

Deyan Stankovichning o'g'li Aleksandar Milanning «Inter» klubiga qaytadi. O'tgan yilning iyul oyida u keyinchalik sotib olish huquqi bilan Belgiyaning «Bryugge» jamoasiga ijaraga berilgan edi.
Kichik Stankovich Belgiya chempionatida o'zini juda yaxshi ko'rsatmoqda, shu sababli unga katta klublar, jumladan, hatto Londonning «Arsenal» klubi tomonidan ham qiziqish paydo bo'ldi.
Shu bois «Inter» rahbariyati allaqachon bir qarorga kelgan ko'rinadi — yozda iste'dodli futbolchi Italiya chempionatiga qaytadi va katta ehtimol bilan asosiy tarkib o'yinchisiga aylanadi.
Eslatib o'tamiz, hozirda Milan klubi Italiya chempionatida «Milan»ni besh ochkoga ortda qoldirgan holda ishonch bilan peshqadamlik qilmoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297