Semeno Gvardiola bilan dastlabki suhbatda nimalar aytilganini ma'lum qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 547

«Manchester Siti» vingeri Antuan Semeno jamoa bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan bo'lgan ilk suhbati haqida so'zlab berdi.
"Men «Manchester Siti»ga kelgan paytimda Pep Gvardiolaning menga aytgan birinchi gapi shu bo'ldi: «Shunchaki o'z futbolingni o'ynashda davom et. Erkin o'yna, o'zingni ko'rsat, darvozaga zarba ber, to'p bilan oldinga intil, senga nima to'g'ri bo'lib tuyulsa, shuni bajar", — deya Semenoning so'zlarini keltirmoqda «City Report».
Eslatib o'tamiz, «Manchester Siti» Semenoni qishki transfer oynasida «Bornmut»dan 72 million evro evaziga sotib olgan edi. «Shaharliklar» tarkibida 26 yoshli vinger hozirgacha oltita uchrashuvda maydonga tushib, to'rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
301