«Barselona» Neymarni qaytarish bo'yicha yana ishga kirishdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 385

"Barselona" klubi yozgi transfer paytida "PSJ" hujumchisi Neymarni jamoaga qaytarishni asosiy maqsad qilib qo'ydi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatdi.
Manbaga ko'ra, kataloniyaliklar yaqin kunlarda "Pari Sen-Jermen" va Neymarning o'zi bilan muzokaralarni boshlashadi. Avvalroq parijliklar 28 yoshli futbolchini 190 million evroga sotishga tayyor ekani haqida xabar tarqatilgan edi.
Neymar ushbu mavsumda "PSJ" safida 20ta o'yinda maydonga tushib, 16ta gol urdi va 10ta golga uzatma berdi. Uning klubi bilan shartnomasi 2022 yilda yakuniga etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223