«Liverpul» Soboslaining katta talablarini bajarishga tayyor
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 471

«Liverpul» rahbariyati vengriyalik yarim himoyachi Dominik Soboslai bilan hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor, deb xabar bermoqda «Teamtalk».
Jurnalistlarga ma'lum bo'lishicha, mersisaydliklar top-klubi futbolchining moliyaviy shartlarini qabul qilishga tayyor. 25 yoshli xavbek yangi kelishuvga ko'ra haftasiga 290 ming evro maosh olmoqchi. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi shartnoma muddati 2028 yilning o'rtalarida yakuniga etadi. Dominikning bozor qiymati 85 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Soboslai «qizillar» safida 33 ta bahsda maydonga tushib, sakkizta gol va ettita golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
249