«Tottenxem» Gallaxerning transferidan pushaymon bo'lmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 492

Londonning «Tottenxem» klubi Madridning «Atletiko» jamoasidan yarim himoyachi Konor Gallaxerni sotib olish uchun katta mablag' sarflaganidan afsuslanmoqda. Bu haqda «Topskills Sports UK» xabar bermoqda.
Manba bergan ma'lumotlarga ko'ra, Gallaxer «Atletiko»da shunchaki zaxirada qolib ketmagan — uning o'yin darajasi klubni qoniqtirmagan. Aynan shu sababli «matraschilar» bir necha oy davomida yarim himoyachini Premer-liga klublaridan biriga sotishga faol harakat qilishgan.
26 yoshli Gallaxer yanvar oyi o'rtalarida «Tottenxem»ga o'tgan va klub bilan 2031 yilgacha shartnoma imzolagan edi. «Shporlar» tarkibida yarim himoyachi hozirgacha uchta o'yinda ishtirok etdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
262