Kompani Noyerning terma jamoaga qaytishi haqida fikr bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 35

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Mark-Andre ter Shtegenning yangi jarohati fonida darvozabon Manuel Noyerning Germaniya terma jamoasiga qaytishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.
«Vaziyat o'zgargani yo'q. Manu men bilan tengdosh. Ba'zan men unga bir qancha maslahatlar berishim mumkin. Lekin u o'z qarorlarini o'zi qabul qilish uchun etarlicha tajribaga ega. U — o'zgacha inson va o'zgacha darvozabon. Men uning hozirgi o'yinidan zavq olishini istayman. Qolgan hamma narsa — OAVda muhokama qilinadigan mavzu xolos», — deya Kompanining so'zlarini keltirmoqda «Bayern & Germany».
Noyer 39 yoshda. U Germaniya terma jamoasi safida 124 ta o'yin o'tkazib, 118 ta gol o'tkazib yuborgan va 51 ta bahsda o'z darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan.
Eslatib o'tamiz, 2024 yilgi uyda o'tgan Evropa chempionatidan so'ng Noyer milliy jamoadagi faoliyatini yakunlashga qaror qilgan edi.

Bosh sahifaga
254