Entso Fernandes «Real»ga o'tishi haqidagi mish-mishlarga javob berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 555

Argentinalik yarim himoyachi Entso Fernandes Madridning «Real» klubiga ehtimoliy transferi haqidagi mish-mishlar fonida Londonning «Chelsi» klubidagi kelajagi borasida fikr bildirdi.
«Bu erda o'tkazgan yillarim uchun minnatdorman. Menga ushbu klubda bo'lish yoqadi. «Chelsi»dag o'ynash meni baxtli qiladi. Ushbu jamoa bilan sovrinlar yutishni istayman», — deya yarim himoyachining so'zlarini keltiradi «ESPN Argentina».
Entsoning «ko'klar» bilan shartnoma majburiyatlari 2032 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan. Futbolchining transfer qiymati 85 million evroga baholanmoqda.
Joriy mavsumda Fernandes 36 ta bahsda ishtirok etib, o'z hisobiga 11 ta gol va to'rtta golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253