Alvaresga yanvardayoq bir nechta top-klublar so'rov yuborgan
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438

Madridning «Atletiko» klubi hujumchisi Xulian Alvares yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirish ehtimoli katta.
Jurnalist Mateo Morettoning xabar berishicha, kelayotgan yozda argentinalik hujumchi uchun ayovsiz kurash boshlanadi. Forvard uchun «Barselona», PSJ va Angliya Premer-ligasining ikkita top-klubi raqobatlashadi. Yuqorida tilga olingan barcha klublar yanvar oyidayoq Alvares bo'yicha so'rov yuborishgan.
Joriy mavsumda 26 yoshli Alvares barcha turnirlarda 31 ta o'yinda maydonga tushib, 11 ta gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi.
«Transfermarkt» ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining narxi 100 million evroni tashkil qiladi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
253