Viktor Dyokeresh — «Arsenal»da oyning eng yaxshi futbolchisi!
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 427

Londonning «Arsenal» klubi markaziy hujumchisi Viktor Dyokeresh yanvar oyi yakunlariga ko'ra jamoaning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Shvetsiyalik hujumchi muxlislar ovoz berish jarayonida 48 foiz ovoz to'pladi. Skandinaviyalik futbolchi bu borada Gabriel Jezus, Martin Subimendi va Gabriel Martinellini ortda qoldirishga muvaffaq bo'ldi.
O'tgan oyda Dyokeresh «to'pchilar» safida sakkizta uchrashuvda maydonga tushib, o'z hisobiga to'rtta gol va ikkita golli uzatmani yozdirib qo'ydi.
Hozirda «Arsenal» 53 ochko bilan Premer-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda. Navbatdagi bahsda Mikel Arteta shogirdlari o'z maydoni — «Emireyts» stadionida «Sanderlend»ni qabul qilishadi.

Bosh sahifaga
255