"Napoli" stadionini yangilaydi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 459

Neapol rasmiylari 2032 yilda Italiyada bo'lib o'tadigan bo'lajak Evropa chempionati o'yinlari uchun "Maradona" stadionini sertifikatlashga tayyorlanmoqda. Bu esa bajarilishi kerak bo'lgan ma'lum standartlarni anglatadi.
Shu sababli, yaqin yillarda stadionni jiddiy qayta qurish kutilmoqda, xususan, asosiy, futbol maydoni atrofidagi yugurish yo'laklari yo'q qilinadi. Ularning o'rniga qo'shimcha tribunalar yaruslari paydo bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, stadion o'tgan asrning 50 yillarida qurilgan va hozirda uning sig'imi 55 ming kishini tashkil etadi. Hozirgi nomi rasman 2020 yilda berilgan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
259