Semeno: "Men Xoland darajasida gol urishim kerak"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 18

"Manchester Siti" hujumchisi Antuan Semeno shaxsiy maqsadlari haqida gapirdi. 26 yoshli futbolchi yanvar oyida "Bornmut"dan 72 mln evro evaziga Xosep Gvardiola jamoasiga o'tgandi.
"O'zimga qo'yadigan ba'zi talablarim bor. "Manchester Siti"da menga bosim o'tkazishlarini va Xoland darajasidagi samaradorlikni ko'rsatishimni talab qilishlarini bilardim. Ammo mavsum boshidayoq o'z oldimga shunday maqsadlarni qo'ygandim. Mening vazifam Erling darajasidagi o'yinchilar bilan raqobatlashish. U bilan bir jamoada o'ynamoq katta omad. Gollar - mening bir qismim, men shunchaki shu ruhda davom etishni istayman", - deya "shaharliklar"ning yulduzli yangi futbolchisidan iqtibos keltiradi City Report.
Antuan Semeno "Manchester Siti" safida 6 ta o'yinda 4 ta gol va bitta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Bosh sahifaga
277