Arteta: "Xaverts juda ta'sirli"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 38

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta yaqinda jarohat olib safga qaytgan hujumchi Kay Xaverts haqida fikr bildirdi.
Germaniyalik futbolchi avgustdan yanvargacha tiklandi. So'nggi paytlarda 26 yoshli hujumchi ajoyib formaga kirishga muvaffaq bo'ldi: uning hisobida uchta uchrashuvda ikkita gol va bitta assist bor.
"Haverts borligidan juda xursandmiz. Kay boshqalarda yo'q bo'lgan butunlay boshqa narsani olib keladi. Men uning o'yinni o'zgartira olishi va bunday jiddiy jarohatdan keyin ko'rsatayotgan darajasidan juda ta'sirlandim", - deya Artetaning so'zlarini keltiradi jurnalist Fabritsio Romano.
Bugun "kanonirlar" o'z maydonida "Sanderlend"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
279