"Manchester Yunayted" Gordonga qiziqmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 414

"Manchester Yunayted" "Nyukasl"ning 24 yoshli qanot hujumchisi Entoni Gordonni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda X ijtimoiy tarmog'idagi The United Stand akkaunti uchun jurnalist Ben Jeykobs xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, Gordon markaziy hujumchi sifatida ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lishni istaydi.
Shuningdek, "qizil iblislar"ga "buqalar" tomonidan 100 mln evroga baholanayotgan "Leyptsig" vingeri Yan Diomande ham qiziq.
Gordon joriy mavsum barcha musobaqalarda 33 ta o'yinda maydonga tushdi va 10 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Transfermarkt portalida keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, futbolchining bozor narxi 60 mln evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
220