Frantsiyada Safonov va Zabarniyning "PSJ"dagi maoshi oshkor qilindi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 434

Frantsiyaning Le Parisien nashri "Pari Sen-Jermen" futbolchilarining daromadi haqida ma'lumot berdi.
Jamoada eng ko'p maoshni Usmon Dembele oladi. Uning oylik daromadi soliqlardan tashqari taxminan 1,56 million evroni tashkil qiladi. Ro'yxatda keyingi o'rinda taxminan 1,13 million evro maosh bilan Markinos, eng ko'p maosh oluvchi uchlikni esa 1,1 million evro maosh bilan Ashraf Hakimiy yakunlagan.
Lyuka Ernandesning maoshi oyiga 1 mln evroga etadi. Vitinya va Uorren Zair-Emeri biroz kamroq - 950 ming evrodan olishadi.
Ukrainalik himoyachi Ilya Zabarniy reytingning 12-pog'onasidan joy olgan. Manbaga ko'ra, uning "PSJ"dagi oylik daromadi soliqlardan oldin taxminan 450 ming evroni tashkil qiladi. Rossiyalik golkiper Matvey Safonovning 250 ming evro maoshi klub futbolchilari orasida eng kam maoshlardan biri hisoblanadi.

Bosh sahifaga
271