Mourino: «Tottenxem» mag'lubiyatga loyiq emas edi»
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 366

«Tottenxem» bosh murabbiyi Joze Mourino Angliya kubogi nimchorak final bosqichi doirasida «Norvich»ga qarshi bo'lib o'tgan o'yin (1:1, 2:3 pen.) borasida o'z fikrini bildirib o'tdi.
«Biz mag'lubiyatga loyiq emas edik, ammo bu futbol. O'yin kutilganidek og'ir kechdi. Taxmin qilganimdek, ba'zi futbolchilarimizda katta muammolar bor edi. Shunga qaramay, ular katta kuch bilan harakat qilishdi.
Uinks mutlaqo "o'lik" edi. U ketma-ket 11 yoki 12-o'yinda boshlang'ich tarkibda maydonga tushdi. Ammo men birorta o'yinchining harakatidan norozi emasman. Ular ajoyib harakat qilishdi.
Yigitlar uchun xafa bo'ldim. Mag'lubiyatning ta'siridan chiqib ketishga harakat qilamiz», – dedi Mourino.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
172