Xvicha "Marsel" bilan o'yinda qaytishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 289

"PSJ" vingeri Xvicha Kvaratsxeliya 28 yanvar kuni "Nyukasl"ga qarshi o'yinda olgan jarohatidan so'ng safga qaytishga yaqin turibdi.
Gruziyalik futbolchi parijliklarning Liga 1 doirasidagi "Marsel"ga qarshi o'yin qaydnomasidan o'rin olishi mumkin, deb xabar beradi RMC Sport.
"PSJ" bosh murabbiyi Luis Enrike yakshanba kungi mashg'ulotlardan so'ng Kvaratsxeliyaning yakshanba derbisida ishtirok etishi bo'yicha yakuniy qarorni qabul qiladi.
Liga 1 21-turidan o'rin olgan "PSJ" - "Marsel" bahsi 8 fevral kuni bo'lib o'tadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
200