Farke: "Bizda to'g'ri mentalitet bor"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 264

Angliya chempionatida 25-tur o'yinlari boshlandi. "Lids" omon qolish uchun kurashda raqibi "Nottingem Forest"dan ustun keldi- 3:1. Uchrashuv haqida "Lids" ustozi Daniel Farke o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Muvaffaqiyatsiz o'yindan keyin tezda javob qaytarish har doim muhim. Va biz ozmi-ko'pmi yaxshi javob bera oldik. Bu uch ochkodan ko'ra ko'proq ahamiyatga ega bo'lgan uch ochko - biz to'g'ridan-to'g'ri raqobatchini mag'lub etdik. Bosimga qaramay, biz o'z ishimizni bajardik. Bu bizda to'g'ri mentalitet borligini anglatadi", - deya Farkening so'zlarini keltiradi BBC Sport.
Hozirda "Lids" o'n oltinchi, "Nottingem Forest" esa o'n ettinchi o'rinda bormoqda.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
211