Van Deyk: "Liverpul" Chempionlar ligasiga chiqishi shart"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 212

"Liverpul" markaziy himoyachisi Virjil van Deyk Chempionlar Ligasi yo'llanmasi uchun kurash haqida fikr bildirdi.
"Qizillar" joriy mavsumda chempionlik uchun kurasha olmasa kerak, shu bois asosiy e'tiborni ligada kuchli to'rtlikka (yoki beshlikka) kirishga qaratishga majbur. Ayni damda Arne Slot jamoasi Premer-liga turnir jadvalida oltinchi o'rinda bormoqda.
"Liverpul" Chempionlar ligasiga chiqishi shart. Men bu turnirda jamoamizdagi barcha kabi o'ynashni istayman. "Liverpul" bilan shartnoma bo'yicha so'nggi mavsumda Chempionlar Ligasidan quruq qolishni juda istamasdim. Biz u erga etib borishimiz kerak. Bunga erishish uchun astoydil harakat qilamiz", - dedi mersisaydliklar sardori "Manchester Siti"ga qarshi o'yin oldidan.

Bosh sahifaga
191