Entso Fernandes: "Lempard bilan taqqoslashni yoqtirmayman"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 34

"Chelsi" yarimhimoyachisi Entso Fernandes klub afsonasi Frenk Lempard haqida fikr bildirdi.
Mashhur ingliz yarimhimoyachi sifatida o'ynagan bo'lsa-da, "ko'klar" tarixidagi eng yaxshi to'purar bo'lib qolmoqda.
"Lempard - ilhom manbai. "Chelsi"ga kelganimdan beri u bilan tushgan ko'plab videolarni ko'rdim. U jarima maydoniga ichkaridan juda yaxshi yorib kirardi. Frenk - klub afsonasi, u ajoyib o'yinchi edi, lekin meni u bilan solishtirishlarini yoqtirmayman, chunki u bu erda ko'proq narsaga erishdi. Men uni o'zimning kumirim deb bilaman, men ham shunday yo'lni bosib o'tishni istardim", - dedi Entso Fernandes Sky Sports bilan suhbatda.
Argentinalik futbolchi 2023 yil boshidan buyon "Chelsi" sharafini himoya qilib kelmoqda.

Bosh sahifaga
186