Koul APLdagi chempionlik kurashi haqida gapirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 303

Angliyalik sobiq futbolchi Djo Koul Premer-liganing joriy mavsumidagi chempionlik poygasi haqida o'z fikrini bildirdi.
Yakshanba kuni 25-turning markaziy o'yini bo'lib o'tadi — «Liverpul» o'z maydonida «Manchester Siti»ni qabul qiladi. Bundan bir kun avval esa turnir jadvalida peshqadamlik qilayotgan «Arsenal» o'z uyida «Sanderlend»ga qarshi bahs olib boradi.
«Liverpul»dan uchraladigan mag'lubiyat «Manchester Siti» uchun chempionlik poygasidagi tobutga qoqilgan so'nggi mix bo'ladi. Bu juda muhim o'yin va uning ahamiyati barchaga ayon. Menimcha, agar bu sodir bo'lsa, endi bu «Arsenal» ligasi deb aytaman», — deya Koulning so'zlarini keltirmoqda Angliya OAVlari.
Hozirda «to'pchilar» «shaharliklar»ni olti ochkoga ortda qoldirmoqda. Uchinchi o'rinda borayotgan «Aston Villa» esa peshqadamdan etti ochko orqada.

Bosh sahifaga
255