«Real» himoyadagi zaif nuqtani yopish uchun nomzodlar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 368

Madridning «Real» klubi yozgi transfer oynasida yangi markaziy himoyachi sotib olish uchun katta mablag' sarflashi mumkin.
Mudofaa markazi «qaymoqranglilar»ning zaif nuqtalaridan biri bo'lib qolmoqda. «ESPN» ma'lumotlariga ko'ra, La Liga grandi skautlari Dortmundning «Borussiya» klubi a'zosi Niko Shlotterbek va «RB Leyptsig» vakili Kastello Lyukebani diqqat bilan kuzatib borishmoqda. Germaniya Bundesligasining har ikki vakili «qirollik klubi»ning kelayotgan yoz uchun asosiy maqsadlari qatoridan joy olgan.
«Transfermarkt» portalining bahosiga ko'ra, 26 yoshli Shlotterbekning narxi 55 million evroni, 23 yoshli Lyukebaning bahosi esa 45 million evroni tashkil etadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255