Rodrigoning qancha vaqtga safdan chiqqani ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

«Real» vingeri Rodrigo taxminan o'n kunga safdan chiqdi.
«Madrid» klubining xabar berishicha, 25 yoshli Braziliya terma jamoasi a'zosining o'ng oyog'ida pay tendinozi (pay to'qimalarining yallig'lanishsiz emirilishi va zaiflashishi bilan bog'liq surunkali kasallik — tahr.) aniqlangan.
«Marca» nashri ma'lumotlariga ko'ra, hujumchining tiklanishi uchun taxminan 10 kun vaqt ketadi. Shu tariqa, braziliyalik futbolchi 8 fevral kuni «Valensiya»ga va 14 fevral kuni «Real Sosedad»ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
Rodrigo joriy mavsumda La Liganing 18 ta o'yinida maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255