Turin klubi himoyachisi bilan shartnomani bekor qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 438

«Torino» himoyachi Perr Sxyursning jamoadan ketganini e'lon qildi. 26 yoshli niderlandiyalik futbolchi bilan tuzilgan shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuviga asosan bekor qilindi.
Sxyurs Turin jamoasida 2022 yilning yozidan buyon o'ynab kelayotgan edi. U «Ayaks»dan 9,4 million evro evaziga ko'chib o'tgandi. U «Torino» safida jami 43 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Sxyurs «Fortuna» akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Shuningdek, uning hisobida Niderlandiya yoshlar terma jamoasida o'tkazilgan 17 ta o'yin va 2 ta gol bor.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
255