"Manchester Yunayted" Reshfordga o'rinbosar topdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 757

Angliyaning "Manchester Yunayted" klubi ayni damda ijara asosida "Barselona"da to'p surayotgan hujumchi Markus Reshfordning o'rnini kim egallashini belgilab oldi. Hujumchining shartnomasida uni 30 million evroga sotib olish imkoniyati ko'zda tutilgan band bor. Bugun kataloniyaliklar ushbu bandni faollashtirish niyatida ekani ma'lum bo'ldi.
"Manchester Yunayted" Reshfordning o'rniga Germaniyaning "Leyptsig" klubidan 19 yoshli ivuarlik hujumchi Yan Diomandeni sotib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda "TEAMtalk" nashri xabar bermoqda.
Qayd etilishicha, nemis klubi o'z hujumchisi uchun 100 million evrogacha mablag' talab qilishi mumkin. Ushbu mavsumda Diomande Bundesligada 19 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Bosh sahifaga
230