«Real» «Valensiya»ga qarshi o'yin oldidan Rodrigoning jarohat olganini e'lon qildi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 1039

Madridning «Real» klubi matbuot xizmati Ispaniya La Ligasining 23-turida «Valensiya»ga qarshi o'yin oldidan jamoa vingeri Rodrigoning jarohati haqida ma'lum qildi.
«Bugun «Real» tibbiy xizmati tomonidan o'tkazilgan tibbiy tekshiruv natijalariga ko'ra, futbolchimiz Rodrigoda o'ng oyoq orqa son payining jarohatlangani aniqlandi. Qo'shimcha natijalar kutilmoqda», — deyiladi klubning rasmiy saytida e'lon qilingan bayonotda.
Joriy mavsumda Rodrigo madridliklar safida Ispaniya chempionatida 18 ta uchrashuvda ishtirok etdi, ularda 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223