"Manchester Yunayted" va "Liverpul" Mane transferi uchun kurashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Angliya Premer-ligasining top-klublari — "Manchester Yunayted" va "Liverpul" "Vulverxempton"ning 18 yoshli ingliz hujumchisi Mateush Mane transferi bo'yicha muzokaralar o'tkazdi. Bu haqda "Sports Boom" nashri xabar bermoqda.
Avvalroq futbolchiga Londonning "Chelsi" klubi da'vogarlik qilayotgani haqida ma'lumotlar tarqalgan edi. Qayd etilishicha, hujumchining narxi taxminan 50 million funtni tashkil etadi. Ayni damda muzokaralar davom etmoqda.
Mane — "Vulverxempton" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsumda APL doirasida 13 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
219