"Arsenal" sobiq futbolchisi murabbiylikka tayyorlanmoqda: Arteta uni jamoaga qaytarmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 645

Londonning "Arsenal" klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta kelajakda Aleks Oksleyd-Chemberlenni o'z murabbiylar shtabida ko'rishni istamoqda.
Jurnalist Isaan Xanning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Chemberlen ayni damda murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda. Ingliz futbolchisi faoliyatini yakunlaganidan so'ng, Arteta uni o'z shtabiga taklif qilmoqchi.
Eslatib o'tamiz, so'nggi xabarlarga ko'ra, Oksleyd-Chemberlen Shotlandiyaning "Seltik" klubiga qo'shilishi kerak. Uning hozirgi kundagi so'nggi klubi Turkiyaning "Beshiktosh" jamoasi bo'lgan edi va u erni yozda tark etgandi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
227