Rafinya Yamalning asosiy kamchiligini aytdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 588

"Barselona" vingeri Rafinya hujumdagi sherigi Lamin Yamalning kamchiligini aytdi. Braziliyalik futbolchining so'zlariga ko'ra, Yamal telefoni bilan juda ko'p vaqt o'tkazadi va shu sababli juda kech uxlaydi.
"Uning yoshini hisobga olsak, doimo telefon bilan vaqt o'tkazishi — normal holat. Ertalablari Yamal doim uyqisiragan bo'ladi, chunki, menimcha, u juda kech yotadi. Bu kechalar sababli emas, balki telefon tufayli. U injiq emas, shunchaki kamgap — mashg'ulotning birinchi soatida deyarli hech kim bilan gaplashmaydi", — dedi Rafinya Sofascore nashriga.
Shanba kuni, 7 fevral kuni "Barselona" Ispaniya chempionati doirasida o'z maydonida "Malorka"ga qarshi o'yin o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
230