Flik de Yongni jamoaning yangi etakchisi deb atadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Frenki de Yongning o'yini haqida fikr bildirdi. Nemis mutaxassisi 28 yoshli niderlandiyalik futbolchiga yuqori baho berdi.
"De Yong "oltilik" pozitsiyasida o'ynab, o'zining barcha fazilatlarini namoyon etmoqda. U — etakchi. Uning bu mas'uliyatni o'z zimmasiga olgani menga manzur bo'lmoqda — yoshi ham bunga imkon beradi. U bu erda juda baxtli", — dedi Flik matbuot anjumanida.
Frenki de Yong 2019 yilning yozidan buyon "Barselona" sharafini himoya qilib kelmoqda. O'shandan beri niderlandiyalik yarim himoyachi 287 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va sheriklariga 30 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
223