Flik Ferminning yangi shartnomasiga munosabat bildirdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 20

"Barselona" ustozi Xans-Diter Flik yarim himoyachi Fermin Lopes haqida fikr bildirdi. 22 yoshli futbolchi "ko'k-anorranglilar" bilan shartnomasini 2031 yilning o'rtalariga qadar uzaytirdi.
— Lopes shartnomasini uzaytirganidan mamnunmisiz?
— "Barselona" akademiyasi fantastik ishni amalga oshirmoqda. Barchamiz akademiya tarbiyalanuvchilariga ishonamiz. Ularda ajoyib baza bor. Ferminning shartnomasini uzaytirish — barcha uchun eng yaxshi qaror. U katta iste'dod va yuqori darajadagi futbolchi, — dedi Flik matbuot anjumanida.
Fermin Lopes "Barselona"ning asosiy jamoasi safida 116 ta o'yin o'tkazib, ularda 29 ta gol urdi va sheriklariga 22 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
327