Rasman: Fermin Lopes «Barselona» bilan 2031 yilgacha shartnoma imzoladi (foto)
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 2252

Yaqinda «Barselona» yarim himoyachi Fermin Lopes bilan shartnomani uzaytirish bo'yicha kelishuvga erishilganini e'lon qilgan edi. Juma kuni Kataloniya klubi ofisida ushbu voqeaga bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi. Lopes klub prezidenti Joan Laporta ishtirokida 2031 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan yangi bitimga imzo chekdi.
«Barselona» matbuot xizmati ijtimoiy tarmoqlarda Laporta va Lopes birgalikda futbolchining libosini ushlab turgan suratni e'lon qildi. Ushbu libosda raqam o'rniga yangi mehnat shartnomasining amal qilish muddati — 2031 raqami tushirilgan.
«Barselona» navbatdagi o'yinini 7 fevral kuni o'z maydonida «Malorka»ga qarshi o'tkazadi.


Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311