"Milan" ko'rigidan o'ta olmagan Mateta operatsiya qilinadi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 431

"Kristal Pelas" hujumchisi Jan-Filipp Mateta mavsum yakuniga qadar safdan chiqishi mumkin.
Jurnalist Sasha Tavolerining yozishicha, frantsiyalik futbolchi "Milan"da tibbiy ko'rikdan o'ta olmaganidan so'ng operatsiya qilinadi va keyingi uch-to'rt oyni o'tkazib yuboradi.
Manbaning ta'kidlashicha, Matetada noyabr oyidan beri tizza bo'g'imi bilan bog'liq muammolar mavjud bo'lgan. "Milan" shifokorlari uning holatini baholab, shartnoma imzolamaslikka qaror qilishgan.
Hozirgi vaqtda Mateta Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 23 ta o'yinda maydonga tushib, sakkizta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
311