"Liverpul" Trentni qaytarishga harakat qiladimi?
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 470

Trent Aleksander-Arnold hozircha "Real"da o'z o'rnini topib keta olgani yo'q, shu sababli u transfer mish-mishlari markazida qolmoqda. Hatto Trentning Angliyaga qaytishi haqida ham gap-so'zlar tarqaldi.
"TEAMtalk" nashriga ma'lum bo'lishicha, "Liverpul" Trentning qaytish imkoniyatini ko'rib chiqmayapti. Mersisaydliklar, agar futbolchi transferga qo'yilgan taqdirda ham, yozda muzokaralarga kirishmaydilar.
"Liverpul" o'ng qanot himoyasi pozitsiyasi bo'yicha uzoq muddatli reja allaqachon tuzib bo'lingan deb hisoblaydi. "Qizillar" Jeremi Frimpong va Konor Bredliga umid bog'lashmoqda.
27 yoshli Trent Aleksandr-Arnoldning bozor qiymati "Transfermarkt" portali mutaxassislari tomonidan 70 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
222