Shirer Ronaldu haqida: "Kuniga 400 ming maosh olib, ish tashlash — g'alati holat"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 14444

"Nyukasl" va Angliya terma jamoasi sobiq hujumchisi Alan Shirer portugaliyalik yulduz to'purar Krishtianu Ronalduning ish tashlashi (boykot) haqida fikr bildirdi.
"Kuniga 400 ming olib, ish tashlash e'lon qiladiganlar juda kam topiladi. Shuncha katta pul olishiga qaramay, ishdan voz kechish imkoniyatiga ega bo'lish — yoqimli, albatta. Krishtianu — superyulduz, ammo bunday darajadagi inson uchun bu g'alati xulq-atvordir", — deya Shirerning so'zlarini keltirmoqda "Goal.com".
41 yoshli Krishtianu 2023 yilning yanvaridan beri Saudiyaning "An-Nasr" klubida to'p surmoqda. Tomonlar o'rtasidagi amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning iyun oyi oxirida yakuniga etadi. Uning transfer qiymati 12 million evroga baholanmoqda.

Bosh sahifaga
229