"Aston Villa" o'z yulduzini rekord summaga sotmoqchi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 54

Birmingemning "Aston Villa" klubi hujumkor yarim himoyachisi Morgan Rodjers Londonning "Chelsi" klubi qiziqishlari doirasida bo'lib turibdi. Bu haqda "Teamtalk" jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaning ma'lumotlariga ko'ra, "sherlar" o'z yulduzi uchun 115 million evro talab qilishlari mumkin. Rojers, shuningdek, "Manchester Siti", "Arsenal" va "Manchester Yunayted" kabi grand klublarning ham e'tiborini tortmoqda.
23 yoshli yarim himoyachi Angliya Premer-ligasining joriy mavsumida 24 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Morgan o'z hisobiga ettita gol va beshta golli uzatmani yozdirib qo'yishga muvaffaq bo'ldi. Rojersning "Aston Villa" bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2031 yilning iyun oyi oxirigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
215