Flik Rafinya va Pedrining holati haqida ma'lumot berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 500

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik Ispaniya La Ligasi doirasidagi "Malorka"ga qarshi o'yin oldidan jurnalistlar bilan muloqot qildi. Germaniyalik mutaxassis Rafinya va Pedrining holati haqidagi savollarga javob berdi.
"Rafinyaning holatimi? Biz vaziyatni kundan-kunga baholab boryapmiz. Hozirda u o'yindan tashqarida. Tibbiy xodimlardan ruxsat olishi bilan u safga qaytadi. Biz qadamma-qadam ilgarilamoqdamiz. Pedri? Menimcha, uning qaytishiga oz qoldi. Hammasi reja bo'yicha ketmoqda. Unda ijobiy o'zgarishlar bor", — dedi Flik.
"Barselona" va "Malorka" o'rtasidagi chempionat uchrashuvi 7 fevral kuni Toshkent vaqti bilan 20:15 da boshlanadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
209