Flik - Levandovskining kelajagi haqida: "Hozir bu haqda gapiradigan vaqt emas"
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 24

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik hujumchi Robert Levandovskining kelajagi borasida o'z fikrini bildirdi.
"Levandovski keyingi mavsum haqida o'ylamasligi kerak — bor e'tiborni joriy mavsumga qaratish lozim. U yaxshi ish olib bormoqda. Men unga "Barselona"da o'ynash yoqishini bilaman. Keyin nima bo'lishini esa bilmayman, hozir bu haqda gapiradigan vaqt emas", — dedi Flik matbuot anjumani davomida.
Ma'lumki, 37 yoshli Robert Levandovskining "Barselona" bilan amaldagi shartnomasi 2025/2026 yilgi mavsum yakuniga qadar mo'ljallangan. Avvalroq matbuotda Kataloniya klubi polyak futbolchisini o'z safida saqlab qolmoqchi ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
210