"Manchester Yunayted" Myunxen fojiasi qurbonlarini xotirladi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 314

Bundan 68 yil oldin Myunxen fojiasi yuz berib, 23 kishi, jumladan "Manchester Yunayted"ning sakkiz nafar futbolchisi hayotiga zomin bo'lgan edi. Klub ushbu mudhish voqea qurbonlari xotirasiga bag'ishlangan post qoldirdi.
"Doimo yodimizda. Hech qachon unutilmaydi. Ingliz futbolining gullari. Manchester gullari", — deyiladi "qizil iblislar" xabarida.
Hozirda "Manchester Yunayted" Premer-liga doirasida "Tottenxem"ga qarshi bo'lib o'tadigan uy uchrashuviga tayyorgarlik ko'rmoqda. Jamoalar shanba kuni, 7 fevral kuni to'qnash kelishadi, o'yin Toshkent vaqti bilan 17:30 da boshlanadi.
Ayni damda "Manchester Yunayted" Angliya chempionati turnir jadvalida to'rtinchi o'rinni egallab turibdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
204