O'zbekiston U-16 Xitoyga yana imkoniyatni boy berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 316

Jamoliddin Rahmatullaev boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Xitoyga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Afsuski, vakillarimiz mazkur bahsda ham mezbonlar qarshiligini enga olishmadi.
Uchrashuv davomida Xitoy terma jamoasi vakillari ikki bor darvozamizni ishg'ol qilishga muvaffaq bo'lishdi. Yakuniy hisob — 0:2, mezbonlar g'alabasi.
Boshlang'ich tarkib: Alvaz Ayupov, Hojiakbar Zulfiqorov, Yahyo Nasrulloev, Doniyor O'ktamov, Emmanuel Emonkpaire, Temur Rahmonqulov, Husan O'ralov, Abubakr Mamatov, Hasan O'ralov, Ulug'bek Xayrullaev, Ro'zimurod Ro'zimurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar: Abduvaliev, Bobirov, Xolmamatov, Shukurov, Aminov, Achilov, Usmonov.
Zaxira: Ayvazov, Odilov, Shuhratillaev, Samatov.
Manba: https://t.me/FAUzbekistan
Bosh sahifaga
269