Nunu Eshpiritu Santu tovon pulisiz ishdan haydalishi mumkin
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 22

Londonning "Vest Xem" klubi 2025/2026 yilgi mavsum yakunida jamoa bosh murabbiyi Nunu Eshpiritu Santuni iste'foga chiqarishi mumkin.
"The Sun" jurnalistlarining xabar berishicha, mutaxassisning mehnat shartnomasida jamoa APLdan tushib ketgan taqdirda uni lavozimidan ozod etish mumkinligi haqida band mavjud. Shuningdek, bunday vaziyatda "bolg'achilar" hamkorlikni muddatidan oldin to'xtatgani uchun murabbiyga tovon puli to'lashga majbur emasligi qayd etilgan.
Angliya chempionatining 24 turidan so'ng "Vest Xem" 20 ochko jamg'arib, turnir jadvalining 18-pog'onasida bormoqda. Navbatdagi uchrashuvni jamoa safarda "Byornli"ga qarshi o'tkazadi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
323