"Barselona" Reshfordga tayyorlagan shartnoma shartlari ma'lum bo'ldi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 292

Kataloniyaning "Barselona" klubi ingliz hujumchisi Markus Reshfordni jamoada olib qolishga qaror qildi. "Diario Sport" ma'lumotlariga ko'ra, "ko'k-anorranglilar" rahbariyati futbolchini 30 million evro evaziga sotib olish huquqini faollashtiradi.
Ispaniya chempionati peshqadami Markusga uch yillik mehnat shartnomasini taklif qiladi. Eslatib o'tamiz, ayni damda Reshford kataloniyaliklar safida ijara asosida to'p surmoqda. Uning to'liq shartnomasi "Manchester Yunayted" klubiga tegishli.
Ispaniya La Ligasining joriy mavsumida 28 yoshli ingliz futbolchisi 20 ta uchrashuv o'tkazib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
318