Frank Romeroga baho berdi
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 9873

Londonning «Tottenxem» klubi bosh murabbiyi Tomas Frank jamoa sardori Kristian Romero haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Kuti — juda ehtirosli inson va maydonda bor kuchini beradi. U doim g'alaba qozonishni istaydi, shu sababli ba'zida jahl ustida o'zini tuta olmay qoladi. Ammo u o'z ishini juda yaxshi uddalamoqda», — deya Frankning so'zlarini keltirmoqda jurnalist Fabritsio Romano.
Joriy mavsumda 27 yoshli argentinalik himoyachi barcha turnirlarda 27 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.
Romeroning «shporlar» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.
Fikr bildirish
Hali hech kim izoh qoldirmagan. Birinchi bo`lib izoh qoldiring :)!!
Fikr qoldirish uchun Ro`yxatdan o`tish lozim!!!

Bosh sahifaga
297