«Arsenal» va «Chelsi» braziliyalik iqtidor uchun kurashmoqda
/ Kiritdi: BestMaster Ko'rilgan: 37

Braziliyaning «Korintians» klubi xavbeki Breno Bidon faoliyatini Angliyaning top-klubida davom ettirishi mumkin, deb xabar bermoqda Caught Offside.
20 yoshli yarim himoyachining transferiga Londonning «Arsenal» klubi qiziqish bildirmoqda. «Kanonirlar»ga ushbu futbolchi uchun kurashda poytaxtning boshqa bir klubi — «Chelsi» raqobat tug'dirishi mumkin. Ta'kidlash joizki, Bidonning shartnomasida belgilangan tovon puli 100 million evroni tashkil etadi. Shunga qaramay, «Korintians» kelayotgan yozda jiddiy imtiyozlarga borishga va futbolchi bilan taxminan 30 million evro evaziga xayrlashishga tayyor.
Breno braziliyaliklar safida 107 ta uchrashuv o'tkazib, o'z hisobiga 4 ta gol va 3 ta golli uzatmani yozdirib qo'ygan. Uning klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2029 yilning o'rtalarigacha mo'ljallangan.

Bosh sahifaga
311